09:59 / 17.06.2019
2 403

Urugvay Ekvadorga javobsiz 4 ta gol urdi, Qatar Paragvay bilan durang o‘ynadi (video)

Urugvay Ekvadorga javobsiz 4 ta gol urdi, Qatar Paragvay bilan durang o‘ynadi (video)
Amerika Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Urugvay va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. “Mineyrao” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda nominal mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvni urugvayliklar hujumkor ruhda boshlashdi va tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 6-daqiqada Nikolas Lodeyro hisobni ochdi. Bunning ustiga ekvadorliklar birinchi bo‘lim o‘rtasidayoq bir kishi kam bo‘lib qolishdi, Xose Kintero tirsagi bilan raqibga zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

33-daqiqada Edinson Kavani jamoasining ikkinchi goliniurgan bo‘lsa, taym yakunlanishi arafasida Luis Suares hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar biroz sustlashishdi, biroq urugvayliklar vaziyatni to‘liq nazorat qilib turishdi. 78-daqiqada Ekvador himoyachisi Arturo Mina o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Shu tariqa, Urugvay musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi va guruhda yetakchiga aylandi. Ushbu guruhning ikkinchi o‘yinida Chili va Yaponiya termalari uchrashadilar.

V guruhi
Paragvay – Qatar 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 4, penalti Kardoso, 2:0 – 56 Gonsales, 2:1 – 68 Ali, 2:2 – 77 Xuxi.
Paragvay – Fernandes, Valdes, Balbuena, Alonso, Arsamendiya, Peres (Gonsales, 46), Ortis, Roxas (Sanches, 79), Almiron, Kardoso, Dominges (Iturbe, 83).
Qatar – Al-Sheb, Pedru Migel, Xassan, Al-Ravi, Salmon, Xuxi, Xatem (Budiaf, 88), Madibo, Xalid, Ali, Afif.
Ogohlantirishlar: Madibo (11), Salmon (26), Peres (40), Xassan (61), Xuxi (71), Balbuena (80).

C guruhi
Urugvay – Ekvador 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 6 Lodeyro, 2:0 – 33 Kavani, 3:0 – 44 Suares, 4:0 – 78, avtogol Mina.
Urugvay – Muslera, Kaseres, Godin, Ximenes, Lodeyro (Torreyra, 75), Vesino (Valverde, 81), Laksalt, Nandes (Pereyro, 64), Bentankur, Suares, Kavani.
Ekvador – Dominges, Achiler, Mina, Kintero, Kaysedo, Valensiya, Mena (Velasko, 29), Presiado (Ibarra, 46), Orexuela, Intriago, Valensiya.
Ogohlantirishlar: Lodeyro (14), Ximenes (63).
Chetlatish: Kintero (24).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Urugvay Ekvadorga javobsiz 4 ta gol urdi, Qatar Paragvay bilan durang o‘ynadi (video)