«PSJ» hujumchisi Neymar shu yozda jamoani tark etishi mumkin. L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi braziliyalik futbolchi bo‘yicha yirik taklif tushgan taqdirda, uning transferiga qarshilik qilmaydi.
Ma’lum qilinishicha, Neymarning o‘zi ham «PSJ»dan ketish istagida ekani haqida yaqinlariga aytgan.
10-raqam egasining oilasi bilan yaqin aloqada ekani aytiladigan agent Pini Zahavi uning Ispaniyaga qaytishi bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.
Avvalroq Fransiyaning birinchi raqamli jamoasi prezidenti Nosir Al-Helayfi yulduz futbolchilarning erkaliklaridan toqati toq bo‘lganini aytib, ularni sotib yuborishdan ham toymasligini ma’lum qilgandi.
«Ko‘proq intilishsin, ko‘proq mehnat qilishsin. Ular bu klubga vaqtichog‘lik qilib yurish uchun kelishmagan.
Agar bu fikrga qo‘shilishmasa, eshiklar ochiq. Chao! Men superyulduzlarning o‘zini bunday tutishlariga ortiq toqat qilishni xohlamayman», – degandi Al-Helayfi.
Qo‘shimcha qilish joiz, Neymar 2019 yil boshidan buyon ketma-ket omadsizlikka uchramoqda. Ketma-ket diskvalifikatsiyalar va jarohatlar ortidan Kopa Amerikada qatnasha olmayotgan Braziliya milliy jamoasining sobiq sardori endilikda jinsiy zo‘ravonlikda ham ayblanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi