O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan bo‘shash haqida ariza yozdi.
G‘ofurov 2017 yilning 10 oktyabridan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
«O‘tgan vaqt davomida mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lida qo‘limizdan kelgancha ishladik. Mana shu davrda yelkama-yelka mehnat qilgan jamoamizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiraman.
Mashaqqatli yo‘lda O‘FAning yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va zafarlar tilayman.
Ish bor joyda albatta xato va kamchiliklar ham bo‘ladi. Buning uchun mamlakat futboli jamoatchiligidan, futbol muxlislaridan uzr so‘rayman. O‘zbekiston futboli va uning muxlislari katta g‘alabalarga munosib. Hammasi uchun rahmat», — degan Omon G‘ofurovning so‘zlarini keltirdi PFL rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘FA vitse-prezidentlari Umid Ahmadjonov, Po‘lat Bobojonov va Sherzod Toshmatov ham lavozimini tark etgan, ularning o‘rniga vaqtincha FIFA referisi Ravshan Ermatov hamda Ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev saylangan edi.
Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev ham mansabini topshirdi va uning o‘rnida Avaz Maxsumov ish boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi