09:10 / 18.06.2019
3 203

Hisob 21:18. Osiyoda bir uchrashuvda 39 ta gol kiritildi (video)

Hisob 21:18. Osiyoda bir uchrashuvda 39 ta gol kiritildi (video)
Makao Kubogi doirasida "Ka Ay" hamda "Xang Say" jamoalari ishtirokidagi o‘yin 21:18 hisobida yakunlandi.
"Macau Daily Times" xabariga ko‘ra, tomonlar gollarni atayin o‘tkazib yuborgan. Shu orqali ular Makao futbol federatsiyasiga norozilik uyushtirishgan. Qayd etish kerak, Makao FF milliy termani JCh-2022 saralashi doirasida Shri-Lankaga qarshi uchrashuvda qatnashishiga ruxsat bermagan.

Ma’lumot uchun, Makao saralashda Shri-Lankaga qarshi o‘z maydonida o‘tgan ilk uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alabaga erishgandi. Keyinchalik Shri-Lankada sodir bo‘lgan terakt tufayli Makao FF termani u yerga borishiga ruxsat bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hisob 21:18. Osiyoda bir uchrashuvda 39 ta gol kiritildi (video)