21:19 / 19.06.2019
2 027

"Paxtakor" Germaniya va Angliya klublari hamkorlik qiladigan kompaniya bilan shartnoma imzoladi

"Paxtakor" Germaniya va Angliya klublari hamkorlik qiladigan kompaniya bilan shartnoma imzoladi
"Paxtakor" futbol klubi jahonga mashhur "Double Pass" kompaniyasi bilan hamkorlikni yangi darajaga olib chiqadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kompaniya futbol klublari tuzilmasini o‘rganib, klub, futbolchilar va akademiyalarning yanada rivojlanishi uchun yordam berib keladi. Uning mutaxassislari klublarda bo‘lib, ma’lum vaqt davomida butun tizimni o‘rganib chiqishadi va ish qay darajada professional yo‘lga qo‘yilgani haqida o‘z xulosasini beradi.

Shu tariqa klub o‘z faoliyatini yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yishi va nimalarga e’tibor berishi zarurligi haqida tushunchaga ega bo‘ladi. May oyida ushbu kompaniya xodimlari "Paxtakor" futbol klubi faoliyatini tekshirishgan hamda bu borada ilk xulosalarini e’lon qilishgandi. Imzolangan shartnomaga ko‘ra, endi klubda boshlangan ish davom ettirilib, kompaniya barcha sohalarda ishni rivojlantirishda bevosita ko‘mak ko‘rsatadi.

"Double Pass" kompaniyasi Germaniya bundesligasi, Angliya premer-ligasi hamda jahonga mashhur klublar bilan hamkorlik qilib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Germaniya va Angliya klublari hamkorlik qiladigan kompaniya bilan shartnoma imzoladi