00:10 / 25.06.2019
2 077

Buffon kelajakdagi rejalari, Konte, Sarri va Ronalduning "Yuventus"ga o‘tishi haqida

Buffon kelajakdagi rejalari, Konte, Sarri va Ronalduning "Yuventus"ga o‘tishi haqida
Jijji Corriere dello Sport nashriga intervyu berdi.
Suhbatning asosiy mazmunini e’tiboringizga taqdim etamiz:

PSJ zaxirasida o‘tirishni istamadi
"Besh oy oldin menga ikkinchi posbon roli tegishini ma’lum qilishdi. Yanvar oyidan buyon barchasini bemalol o‘ylab ko‘rish va qaror chiqarish uchun yetarlicha vaqtim bor edi. Bu menga to‘g‘ri kelmasligini tushundim. Shartnomani uzaytirib, katta maosh olish imkoniyatidan voz kechdim. Menga chindan juda yaxshi shartnoma taklif qilishgandi. Lekin men uchun hissiyotlar muhimroq. Men shunga o‘rganib qolganman. O‘zimni muhim inson, kimgadir kerakli his qilishni xohlayman. Bir yil avval bo‘lgani kabi men xotirjamman va yaxshi sport formasidaman. Faoliyatim 12 oydan so‘ng, yoki 15 kundan so‘ng yakunlanishi mumkin.

Menda yetarlicha takliflar bor, lekin qidirayotganimni topa olmasam, bir yil dam olishim ham mumkin. O‘qib-o‘rganish uchun bir yil. Murabbiylik va sport direktori kurslariga yozilish, biznes bilan shug‘ullanish, ingliz tilini mukammalroq o‘rganish uchun vaqt. Yangi variantlar paydo bo‘lishi uchun o‘z ustimda ishlash vaqti".

Antonio Konte sotqin emas

"Uning yulduzchasini olib tashlashni so‘rashganidan xabarim bor. Juda yomon taklif. Men Antonio "Yuventus" uchun nimalar qilganini yaxshi bilaman. U ham futbolchi sifatida, ham murabbiy sifatida klubga o‘zini bag‘ishlagan. Uning har qanday qarori, u qanchalik kutilmagan bo‘lmasin, Konte "Yuve" uchun amalga oshirgan ishlar, qilgan mehnatini yo‘qqa chiqara olmaydi.

Konte hech kimga xiyonat qilmadi. U bugun bir jamoaning, ertaga boshqasining gerbini o‘padiganlardan emas. U ma’lum loyihaga kirishadi va ishiga ko‘p vaqtini sarflaydi. Uning qaytishi – Italiya futboli uchun Maldini, Boban va Sarrining qaytishidek, katta yutuq".

Sarri tanlovi - to‘g‘ri qaror

"Kim ma’lum shablon bo‘yicha ish olib boraversa, natija ham bir xil bo‘laveradi. "Yuventus"ga Chempionlar Ligasi kerak. Shuning uchun ular yangilik qilishga, yangi taktikani sinab ko‘rishga qaror qilishdi, chunki tarkibni bundanda kuchaytirish mushkul vazifa.

Sarri – bu revolyutsiya ham, tavakkalchilik ham emas. Bu yangi yo‘nalishda tashlangan bir qadam".

Ronaldu "Yuventus"ga o‘tib, Italiyani tanlagani yo‘q

"Ronaldu Italiyani emas, "Yuventus"ni tanladi. "Yuventus" – bu o‘zga bir dunyo".

Nozima Zaripova tarjimasi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Buffon kelajakdagi rejalari, Konte, Sarri va Ronalduning "Yuventus"ga o‘tishi haqida