00:15 / 22.06.2019
3 342

Bahodir Jalolov Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

Bahodir Jalolov Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi
Professional boksning superog‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.

Charm qo‘lqop ustamiz ikki hafta davomida Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi. Kecha ushbu yig‘in yakunlandi va bugun Bahodir Sankt-Peterburg shahriga yo‘l oldi.

Rossiyadagi yig‘in ham ikki haftaga mo‘ljallangan. Jalolov Issiqko‘ldagi mashg‘ulotlarda jahon chempionlari - Dmitriy Bivol va Sergey Kuzmin bilan birgalikda shug‘ullandi.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov 11 aprel kuni Nyu-York shahrida prof boksdagi oltinchi jangini amerikalik Brendan Barrettga qarshi o‘tkazib, NABF chempionlik kamariga ega chiqqandi. Olti raundga mo‘ljallangan jangda bokschimiz birinchi raundning o‘zidayoq raqibini nokautga uchratgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi