16:15 / 26.06.2019
2 898

«Surxon» klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

«Surxon» klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi
Bugun, 26 iyun kuni «Surxon» bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.

«Andrey Gennadiyevich «Surxon» futbol klubida boshqa lavozimni egallaydi. Uning aynan qaysi lavozimni egallashi tez kunlarda e’lon qilinadi», – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, yangi bosh murabbiy kim bo‘lishi tez orada e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida Termiz klubiga Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiy bo‘lgan, ammo u O‘FA tomonidan 1 yilga diskvalifikatsiya qilingach, o‘rnini vaqtinchalik Anvar Soliyev egallagandi. Biroz vaqt o‘tib, Soliyev sport direktori lavozimiga o‘tib, Miklyayev bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

«Surxon» klubi Superligada 12-turdan keyin 3-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Surxon» klubi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi