16:00 / 27.06.2019
2 466

Baxtiyor Ashurmatov «Surxon» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baxtiyor Ashurmatov «Surxon» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatov «Surxon» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda bugun, 27 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Majlisni «Surxon» klubi bosh direktor o‘rinbosari Alisher Rustamov ochib bergan. Unda jamoaning barcha a’zolari ishtirok etgan.

«Menga bildirilgan ishonch uchun avvalambor «Surxon» futbol klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishonamanki, biz bir oila bo‘lib shakllanib, faqat yuqori maqsadlar sari intilamiz», – degan Ashurmatov.

Baxtiyor Ashurmatov kuni kecha bu lavozimdan iste’foga chiqqan Andrey Miklyayevning o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Ashurmatov o‘tgan mavsumda Olmaliqning OKMK klubini O‘zbekiston kubogi g‘olibligi sari boshlab borgan edi. Shundan so‘ng dekabrda «Buxoro» bosh murabbiyi qilib tayinlangan va iyul oyi boshida qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatilgan edi.

Termiz shahri jamoasi Superligada mavsumning birinchi yarmini kuchli uchlikda yakunlashi mumkin. Buning uchun jamoa 29 iyun, shanba kuni «Nasaf» maydonidan mag‘lubiyatsiz qaytishi kerak.

Qarshidagi o‘yin soat 20:00da boshlanadi. Uni Temur To‘xtasinov boshqarib boradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov «Surxon» bosh murabbiyi etib tayinlandi