15:30 / 29.06.2019
2 531

Bugun «Paxtakor» Qo‘qonda mehmon bo‘ladi, «Nasaf» esa «Surxon»ni qabul qiladi

Bugun «Paxtakor» Qo‘qonda mehmon bo‘ladi, «Nasaf» esa «Surxon»ni qabul qiladi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turi doirasida so‘nggi 4 ta uchrashuv 29 iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Samvel Babayan qo‘l ostiga o‘tgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi o‘z maydonida Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, «temiryo‘lchilar» avvalgi turda «Dinamo»ga yutqazib qo‘ygandi (1:2). «So‘g‘diyona» esa «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynagandi (2:2).

Shota Arveladze boshqaruvidagi Toshkentning boshqa bir jamoasi «Paxtakor» «Qo‘qon-1912» maydoniga safar qiladi. Ikkala uchrashuv ham soat 18:00 da start oladi. Ma’lumot uchun, «sherlar» 32 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Qo‘qonliklar esa 8 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining «Nasaf» klubi Termizning «Surxon» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Qayd etish joiz, qarshiliklar 12-turda «Metallurg»dan 1:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, «Surxon» o‘z uyida «Bunyodkor»ni 2:0 hisobida taslim qilgandi.

Shu kuni «Buxoro» jamoasi «Andijon» bilan bahsga kirishadi. Ikkala uchrashuv ham soat 20:00 da boshlanadi. Ta’kidlash joiz, buxoroliklar oxirgi turda «Navbahor»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (1:3). «Andijon» esa OKMKga yutqazib qo‘ygandi (1:2).

«Lokomotiv»—«So‘g‘diyona» 18:00
«Qo‘qon-1912»—«Paxtakor» 18:00
«Nasaf»—«Surxon» 20:00
«Buxoro»—«Andijon» 20:00

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun «Paxtakor» Qo‘qonda mehmon bo‘ladi, «Nasaf» esa «Surxon»ni qabul qiladi