22:02 / 29.06.2019
2 501

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lish alamli"

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lish alamli"
Superliganing 13-turi doirasida "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun biz amaldagi chempionga qarshi o‘ynadik. So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lish juda alamli. Raqiblarni tabriklayman. Bu futbol. Ular birdamlik va o‘yinchilarning mahorati evaziga g‘alabaga erishishdi. Keyingi o‘yinlarda xatolarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

- Jamoaning yetakchilariga nimalar yetishmayapti? Tanaffusda nimalarni o‘zgartirishni istadingiz? Balki, seleksiya ishlarida xatolar bordir?
- Menimcha, jamoaga bunday o‘yinlarda barchasini o‘z qo‘liga oladigan futbolchi yetishmayapti. "Lokomotiv" esa top futbolchilar bilan o‘ynaydi. Ularning tarkibida milliy terma futbolchilari ko‘proq. Seleksiyada ham yaxshiroq ishlashga harakat qilamiz. Jamoaning kelgusi muvaffaqiyatlari shunga bog‘liq.

- "So‘g‘diyona"ning potensiali nimalarga yetadi? Jamoa yozgi transferlar oynasida kuchaytiriladimi?
- Bu hozircha maxfiy ma’lumot. Hozirda biz oldinga harakat qilishimiz kerak. OAVda chiqayotgan xabarlarga esa unchalik e’tibor bermayapmiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lish alamli"