19:10 / 01.07.2019
2 802

Futbol bo‘yicha JCh—2034 musobaqasiga Avstraliya va Indoneziya mezbonlik qilishi mumkin

Futbol bo‘yicha JCh—2034 musobaqasiga Avstraliya va Indoneziya mezbonlik qilishi mumkin
Foto: Getty Images
Avstraliya futbol federatsiyasi 2034 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati uchun qo‘shma ariza bermoqchi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.
Avstraliyaliklar bu bo‘yicha qo‘shni davlat bo‘lgan Indoneziya bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Indoneziya hamda Avstraliyaning qo‘shma arizasi o‘tgan hafta Laosda bo‘lib o‘tgan Janubi-Sharqiy Osiyo futbol konfederatsiyasi Kengashida ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya Jahon Chempionati—2022 musobaqasiga mezbonlik qilish uchun ham da’vogarlik qilgandi, biroq bu borada Qatarga imkoniyatni boy bergandi. Bundan tashqari mamlakat 2023 yilda bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga mezbonlik uchun ham da’vogarlik qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol bo‘yicha JCh—2034 musobaqasiga Avstraliya va Indoneziya mezbonlik qilishi mumkin