11:11 / 04.07.2019
3 233

Shaxmat bo‘yicha 15-chi Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 48 ta medalni qo‘lga kiritishdi yakunlandi

Shaxmat bo‘yicha 15-chi Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 48 ta medalni qo‘lga kiritishdi yakunlandi
Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 15-chi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda 20 ga yaqin mamlakatdan ja’mi 200 ga yaqin ishtirokchilar bellashdilar. Bahslar shaxmatning standart, rapid va blits yo‘nalishlarida 9 kun mobaynida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar 12 kategoriyada dona surdilar.

Chempionat O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi, Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi va “Raqamli ishonch” jamg‘armasining an’anaviy homiyligida tashkil etildi.

Yurtdoshlarimiz 19 ta oltin, 13 ta kumush va 16 ta bronza ja’mi 48 ta medal olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladilar.

Jamoaning g‘alabasiga Islamov Shahzod, Hamdamova Afruza, Rahmatullayev Almas, Alimova Sevinch, Abdusalimov Abdumalik, Allaberganov Akbar, Mirpo‘latov Mirabror, Madaminov Muhiddin, Omonova Umida, Shermuhammedov Samandar va Husayinova Ozodalar oltin medallari bilan katta hissa qo‘shdilar.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat bo‘yicha 15-chi Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 48 ta medalni qo‘lga kiritishdi yakunlandi