11:28 / 07.07.2019
2 523

Lionel Messi: “Korrupsiya va hakamlar Argentinani finalga chiqishiga yo‘l berishmadi”

Lionel Messi: “Korrupsiya va hakamlar Argentinani finalga chiqishiga yo‘l berishmadi”
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi nima sababdan Amerika kubogida uchinchi o‘rin uchun bahsdan keyingi taqdirlash marosimida qatnashmaganligini izohlab berdi.

“Men medalni olishni istamadim, chunki biz korrupsiyani bir qismi bo‘lishni istamadim. Biz bundan ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo bizga finalga chiqish imkonini berishmadi.

Korrupsiya va hakamlar ishqibozlarga futboldan zavq olish imkonini berishmadi. Futbol qoidalari buzildi. Ular ochiqchasiga bizni finalga chiqishimizni istashmadi. Haqiqatni aytish lozim.

Braziliya Amerika kubogida g‘olib chiqadimi? Bunga hech qanday shubha yo‘q. Afsuski, hammasi Braziliya uchun qilingandek tuyulayapti menga.

Hakamlik va VAR tizimi Peruga qiyinchilik tug‘dirmasligiga umid qilaman. Shundagina ular raqibga qarshilik ko‘rsata olishi mumkin. Ammo bunday bo‘lishiga ochig‘i ko‘zim yetmayapti”, deya ta’kidlab o‘tdi Messi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: “Korrupsiya va hakamlar Argentinani finalga chiqishiga yo‘l berishmadi”