07:12 / 08.07.2019
2 778

"Guanchjou Evergrand" Mourinoga qancha maosh taklif qilgan edi?

"Guanchjou Evergrand" Mourinoga qancha maosh taklif qilgan edi?
Xabaringiz bor bundan avvalroq portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubidan bo‘lgan taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 56 yoshli murabbiyga 100 mln yevrolik shartnoma taklif qilishgan. Agar Mourino "Guanchjou Evergrand"ni boshqarishga rozilik bildirganida, yiliga 31 mln yevro maosh olishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino o‘zini terma jamoalarda sinab ko‘rmoqchiligi haqida gapirib o‘tgan edi. Uning Xitoy terma jamoasini boshqarish ehtimoli ham mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Guanchjou Evergrand" Mourinoga qancha maosh taklif qilgan edi?