10:28 / 08.07.2019
2 884

Braziliya Peruni mag‘lub etib, Kopa Amerika g‘olibiga aylandi (video)

Braziliya Peruni mag‘lub etib, Kopa Amerika g‘olibiga aylandi (video)
Braziliya milliy jamoasi o‘z maydonida o‘tgan Kopa Amerikada yana g‘olib chiqdi. Pentakampeonlar finalda Peruni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

«Marakana»dagi o‘yinning 15-daqiqasida Everton hisobni ochgach, 44-daqiqada Gerrero penaltidan muvozanatni tikladi. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Gabriel Jezus mezbonlarning tanaffusga ustunlik bilan yo‘l olishini ta’minladi. 90-daqiqadagi Risharlisonning penaltidan urgan goli yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:1.

Shu tariqa, Braziliya o‘z maydonida o‘tgan beshinchi Kopa Amerika musobaqasida ham g‘alaba qozondi. Umumiy hisobda, braziliyaliklar 9-marotaba, 2007 yildan buyon esa ilk marta Janubiy Amerika chempioni bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, Kopa Amerikada Urugvay 15, Argentina esa 14 marotaba g‘olib chiqqan.

Kopa Amerika – 2019
Final
Braziliya – Peru 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar:
1:0 – 15 Everton, 1:1 – 44, penalti Gerrero, 2:1 – 45+3 Gabriel Jezus, 3:1 – 90, penalti Risharlison.
Braziliya – Alisson, Dani Alves, Markinos, Tiago Silva, Aleks Sandro, Artur, Kazemiro, Gabriel Jezus, Koutino (Eder Militao, 77), Everton (Allan, 90), Firmino (Risharlison, 75).
Peru – Galese, Advinkula, Sambrano, Abram, Trauko, Tapiya (Gonsales, 82), Yotun (Ruidias, 78), Flores, Kueva, Karrilo (Polo, 86), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Risharlison (90).
Chetlatish: Gabriel Jezus (70).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliya Peruni mag‘lub etib, Kopa Amerika g‘olibiga aylandi (video)