"Nasaf" legionerlar evaziga kuchayadi

  • 09 iyul 2019, 07:10
  • 948
  • Sport
  • "Nasaf" legionerlar evaziga kuchayadi
    Davralar oralig‘ida Qarshining "Nasaf" jamoasi o‘z safiga legionerlar jalb etishni rejalashtirgan.
    Ro‘ziqul Berdiyev tez orada legionerlarni sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda championat.asia nashri ma’lum qildi.

    Unga ko‘ra, klub rahbariyati yozgi transferlar oynasi vaqtida murabbiyga legioner olib kelish uchun alohida mablag‘ ajratishga va’da bergan.

    Tez orada "Nasaf" ustozi seleksionerlar taklif etayotgan legionerlarni yig‘inda sinovdan o‘tkazib ko‘radi.

    Qayd etish kerakki, Ro‘ziqul Berdiyev legioner tanlashda ancha puxta mutaxassis. "Nasaf" klubiga kelgan legionerlar o‘yin sifati va daraja borasida mahalliy futbolchilardan ustun bo‘lgan. Shundan kelib chiqsak, "Nasaf" tez orada tajribali va malakali legionerlarga ega bo‘lishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, Superliganing 1-davrasidan keyin "Nasaf" 21 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida "Navbahor", "Bunyodkor" va "Surxon" bilan uchinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

    » » "Nasaf" legionerlar evaziga kuchayadi