08:23 / 09.07.2019
2 031

Donald Tramp AQSh ayollar terma jamoasini JChdagi g‘alaba bilan tabrikladi

Donald Tramp AQSh ayollar terma jamoasini JChdagi g‘alaba bilan tabrikladi
AQSh prezidenti Donald Tram mamlakat terma jamoasini jahon chempionatidagi g‘alaba bilan tabrikladi.
Amerikaliklar finalda Gollandiyani 2:0 hisobida yutgan holda titulni himoya qilishni uddasidan chiqishdi.

"AQSh ayollar terma jamoasini jahon chempionatidagi g‘alaba bilan tabriklayman! Ajoyib va o‘ziga rom etuvchi o‘yin. Amerika siz bilan faxrlanadi!", - deb yozgan Tramp o‘zining "Twitter" sahifasida.

Oldinroq AQSh terma jamoasi o‘yinchisi Megan Rapino agar jahon chempionatida g‘alaba qozonsa an’anaviy marosim uchun "oq uy"ga bormasligini aytib o‘tgan edi. Tramp ham javoban oldin g‘alaba qozonish kerakligini aytgan. Yakunda Rapino turnirning eng yaxshi o‘yinchisi va to‘purari bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Donald Tramp AQSh ayollar terma jamoasini JChdagi g‘alaba bilan tabrikladi