14:50 / 09.07.2019
3 107

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi
Foto: Instagram
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) avgust oyida o‘zining to‘qqizinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shahram 24 avgust kuni AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26 aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi