23:40 / 09.07.2019
2 445

Kopa Amerikadan so‘ng: Eng muhim 8 ta savolga javob

Kopa Amerikadan so‘ng: Eng muhim 8 ta savolga javob
Navbatdagi Kopa Amerika ham o‘z nihoyasiga yetdi. Messining janjali, Chelavertning tanqidlari, Dani Alveshning «oqqush qo‘shig‘i» va bir qator qiziqarli voqealar bilan yodda qolgan turnirni kamida bir oy eslab yursak kerak. Rossiyalik mashhur sharhlovchi Stanislav Minin soccer365.ru saytida ushbu turnir haqidagi eng muhim savollarga o‘z javob variantlarini taqdim etdi.

Hammasi sotib olinganmidi?
Aslida hammasini murakkablashtirish shart emas. Doimo hakamlar mezbonlarga «yordam berishgan», bundan tashqari, Lotin Amerikasi hakamlari VAR tizimidan foydalanishni bilishmaydi. Braziliya – Argentina o‘yini izohi ham mana shunda, qandaydir korrupsiyaning hidi yo‘qligini Messiga tushuntirib qo‘yish kerak. Agar hammasi oldindan uyushtirilgan spektakl bo‘lganida, Gabriyel Jezusning finalda chetlatilishi, o‘sha o‘yinda Alisson darvozasiga belgilangan penalti yoki Venesuelaga qarshi o‘yindagi bekor qilingan gollar bo‘lmasdi.

Messini nega chetlatishdi?
Albatta, korporativ qasos haqida ham o‘ylab ko‘rish mumkin, ammo shu bilan birgalikda, amerikalik hakamlarning maydonda shunchaki, qorovul bo‘lishni yoqtirmasliklari ham haqiqat. Ular kamida Yago rolini ijro etadilar. Bir paytlar Zidanni maydondan chiqarib yuborgan hakam ham argentinalik edi, masalan.

Bir muddat paragvaylik Mario Dias de Vivar o‘zini qandaydir o‘yin egasi bo‘lmayotgandek his eta boshladi. Aslida u o‘yin egasi emas, hech kim unday hisoblamaydi ham. Bu vaziyatda nima qilish kerak? O‘zini ko‘rsatib qo‘yish! Ro‘paradan Messi chiqib qoldimi? Ajab bo‘pti.

Braziliya haqli chempionmi?
Albatta, Braziliya turnir boshidan favorit sifatida e’tirof etilgandi. Neymarning yo‘qligi Venesuela va Paragvay bilan o‘yinlarda bilindi. Ammo umuman olganda, Neymarning jarohati Titega yordam berdi ham. Jamoa murabbiy gaplariga quloq soladigan, tartibli bo‘lib qoldi.

To‘g‘ri, Argentina bilan o‘yinda raqib penalti tepishi ham mumkin edi. Lekin baribir Braziliya yaxshiroq o‘ynadi.

Raqibning gollariga qanday javob berish mumkinligini finalda ham ko‘rdik. Turnirda boshqa hech qaysi terma jamoa bu qadar kuchli va muvozanatli tarkibga ega emasdi.

Boshqa da’vogarlar bormidi?
Nega endi? Variantlar bor edi. Masalan, chorak finallarda qo‘shimcha vaqtlar bo‘lganida Urugvay Peruga gol urib, yakunda finalchi bo‘lishi mumkin edi. Urugvay esa, braziliyaliklar uchun eng xavfli raqib sanalardi va bu o‘yinning bo‘lmagani ham mezbonlarga qo‘l keldi.

Albatta, bu holat Braziliya chempionligiga soya solmaydi, axir har qanday turnir ham mana shunday burilishlardan iborat. Lekin aytish mumkinki, musobaqada kuch bo‘yicha ham, tarkib va murabbiy bo‘yicha ham Braziliyadan kam bo‘lmagan yana bir terma jamoa bor edi.

Dani Alvesh rostdan ham eng yaxshi futbolchimi?
Ha, chunki u maydonda hamma ishni bajardi. Neymar yo‘qligida jamoa yetakchisi bo‘ldi. Raqib himoyalanayotganda aqlli o‘yin bilan yorib o‘tish lozim bo‘lganda, bu ishni ham Alvesh amalga oshirdi. Hujumda ham, himoyada ham o‘ynadi. Boshqalarga nisbatan tezroq va aniqroq o‘ynadi, to‘pni oldinga uzatishda tengsiz bo‘ldi.

Haqiqiy to‘p ustasi, o‘zining katta futbolchi ekanini nafaqat dunyoga eslatdi, balki o‘zi uchun ham isbotladi.

Braziliya – JCh favoriti?
Agar ba’zi xabarlar amalga oshmay qolib, Tite yana boshqaruvda qolsa, albatta. Bu uchun barcha argumentlar ham keltirildi.

Faqat bir muammo bor. Braziliya futbolida hozir markaziy o‘yinchilar juda ko‘p. Chap qanotda ham ijrochilar yetarli. Ammo masalan, o‘ng qanot himoyasida Dani Alveshning o‘rnini bosadigan futbolchi yo‘q. Shuningdek, o‘ng qanot vingeri pozitsiyasi ham oqsamoqda. Mana shu ikki og‘riqli pozitsiyani yopish Titening asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.

Bu Messining terma jamoadagi so‘nggi imkoniyatimi?
Yo‘q, bir yil o‘tib, yana Kopa Amerika bo‘ladi, Argentina esa, bu turnir mezbonlaridan biridir. Demak, bugungi kun uchun Braziliya naqadar haqli bo‘lsa, kelasi yili Argentinada ham shu qadar imkoniyat bor. Hatto hakamlarning «yordami» ham.

Shu bilan birga, hali ham Argentinaga haqiqiy murabbiy kerak. Bormi, bor qabilidagi emas, haqiqiy murabbiy. Balki rostdan ham Argentinada Messiga mos sherik yo‘qdir, ammo bu holat o‘sha «Barselona»da ham tez-tez bo‘lib turadi. Ha, Argentina tarkibi ajoyib emasdir, ammo Braziliya va Urugvaydan tashqari, qaysi jamoa kuchliroq tarkibga ega?

Chili davri o‘tdimi?
Ha. Vaqt o‘tadi. Hatto qisqa turnirda ham, bu sezildi. Reynaldo Ruedo yetakchi futbolchilarga o‘rinbosar topishga qiynaladi. Zaxiradan tarkibga qo‘shilganlar ishonchli to‘p sura olmadilar. Bosejur, Isla, Vidal, Sanches, Arangis, Vargas va Medel kabi yetakchilarning o‘rnini to‘ldirish ilojsiz.

Jahon chempionatiga chiqish uchun Janubiy Amerikada qanchalik jiddiy kurash kechishini hisobga olsak, bu yerda ham Chilida muammolar paydo bo‘lishi aniq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kopa Amerikadan so‘ng: Eng muhim 8 ta savolga javob