Argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradonaning farzandi Diyego Sinagra «Real» a’zosi Xames Rodrigesning «Napoli»ga transfer qilinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Uning kelishi shunchaki orzu. Kuchli chap oyog‘i bilan Xames darajasidagi futbolchi jamoani kuchaytirishi turgan gap. Shahar uni quchoq ochib kutib oladi va ishonamanki, u bu yerda o‘zini eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatadi. Biroq, shunga qaramay, Xames 10 raqamdagi libosni tanlama. Bu oilamizning qadri va otamga tegishli hisoblanadi. Avvalroq, uni Iguainga, keyin esa Insinega taqdim etishlari haqida mish-mishlar tarqalgandi. Lekin, hammasi NBA kabi bo‘lishi zarur», – deydi Sinagra.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 1984-1991 yillar oralig‘ida neapolliklar sharafini himoya qilgan bo‘lib, 188ta o‘yinda 81ta gol urgandi. Uning o‘gli esa 2004/05 yilgi mavsumni «Napoli»ning yoshlar tarkibida o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi