15:29 / 12.07.2019
2 338

«Real» Pogbani qo‘lga kiritish uchun 3 nafar o‘yinchisini sotishga tayyor

«Real» Pogbani qo‘lga kiritish uchun 3 nafar o‘yinchisini sotishga tayyor
«Real» hali ham «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytmagan. Bu haqda Goal'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Fransiyalikning Madrid klubiga o‘tishini ikkita asosiy sabab qiyinlashtirmoqda.

Birinchidan, «qizil iblislar» Pogbani imkon qadar jamoada olib qolmoqchi. Ikkinchidan esa transferni amalga oshirish uchun madridliklarga qo‘shimcha mablag‘ zarur.

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachilar Garet Beyl, Isko hamda Xames Rodriges «Qirollik klubi»ni tark etadi.

Shuningdek, «Yuventus» ham Pogbani jamoaga qaytarish borasida jiddiy shug‘ullanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Pogbani qo‘lga kiritish uchun 3 nafar o‘yinchisini sotishga tayyor