21:45 / 12.07.2019
2 873

Rasman! «Barselona» Antuan Grizmanni sotib oldi

Rasman! «Barselona» Antuan Grizmanni sotib oldi
«Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

Fransiyalik futbolchi «Barselona» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq futbolchi mazkur bitimdan umumiy miqdorda 105 million yevro ishlab olishi xabar qilingandi.

Transfer ko‘k-anorranglilarga 120 mln yevroga aylandi. Bu 28 yoshli futbolchining tovon puli edi.

Grizmann 2014-2019 yillar mobaynida «Atletiko»da to‘p surdi. U barcha turnirlarda 257 o‘yin o‘tkazib, 133 golga muallif bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! «Barselona» Antuan Grizmanni sotib oldi