Shahobiddin Zoirov hindistonlik raqibini mag‘lub etdi

  • 12 iyul 2019, 23:03
  • 605
  • Sport
  • Shahobiddin Zoirov hindistonlik raqibini mag‘lub etdi
    Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov bugun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.

    4 raundga mo‘ljallangan reyting jangida Zoirovga hindistonlik Sandib Singh Batti raqiblik qildi. Jang to‘liq davom etdi.

    Hamyurtimiz jangni faol o‘tkazdi va yakunda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. Shu tariqa Shahobiddin prof ringdagi uchinchi g‘alabasini tantana qildi. Hind bokschisi esa professional boksdagi uchinchi jangida ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

    » » Shahobiddin Zoirov hindistonlik raqibini mag‘lub etdi