«Uimbldon»ning ayollar musobaqasida g‘olib aniqlandi. Londondagi hal qiluvchi o‘yinga AQShlik Serena Uilyams hamda ruminiyalik Simon Xalep yetib kelishdi.
28 yoshli Xalep «katta shlem» tasnifidagi musobaqalarning 22 karra g‘olibi Serena Uilyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ikki setda bir xil 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu Xalepning «katta shlem» tasnifidagi musobaqalardagi 2-sovrini bo‘ldi. Ruminiyalik tennischi o‘tgan yil Fransiya ochiq chempionatida ham g‘olib bo‘lgandi.
Ruminiyalik Simona Xalep "Uimbldon" musobaqasida g‘olib bo‘lgandan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Siz uchun o‘yin yaxshi o‘tdimi?
– O‘yinim qovushdi. Serenaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men ko‘p harakat qildim, Qirollik oilasi o‘yinni kuzatib borganidan xursandman.
– Siz hayajonlandingizmi?
– Hayajonlanishga vaqt bo‘lmadi. O‘yin davomida qorin qismimda biroz noqulaylik tug‘ildi, lekin mening xayolim faqat g‘alaba qozonishda edi.
– Bosh sovrin sohibasi sifatida nimalarni his qilmoqdasiz?
– Bolaligimda onam tennischi bo‘lsang albatta Uimbldonni yutishing kerak, shunda bir umr tarixda isming qoladi. Shuningdek mazkur musobaqa g‘oliblari bir umrga klub a’zosi bo‘lib qoladi. Bu katta natijadir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»