23:23 / 14.07.2019
2 608

«Buxoro» kanadalik va tojikistonlik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi

«Buxoro» kanadalik va tojikistonlik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi
Foto: «Buxoro» matbuot xizmati
«Buxoro» o‘z jamoasiga 2 nafar legioner futbolchini qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda kanadalik himoyachi Milovan Kapor hamda tojikistonlik yarim himoyachi Fathullo Fathulloyev buxoroliklar sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Milovan 2018-2019 yillar mobaynida Belarusning «Gomel» klubida to‘p surdi va umumiy hisobda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fathullo esa 2008 yildan 2019 yilgacha Tojikistonning kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Dushanbening «Istiqlol» klubi safida o‘ynadi.

Qayd etish joiz, «Buxoro» Superliga 2-davra boshlanishi oldidan 12 iyuldan 25 iyulga qadar Toshkentda o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi. Rejaga ko‘ra, o‘quv yig‘in mashg‘ulot davomida Buxoro klubi 16 iyul kuni «Lokomotiv», 18 iyulda OKMK va 20 iyul kuni esa «Qizilqum» jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Buxoro» kanadalik va tojikistonlik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi