"Surxon" jamoasi safiga 4 nafar braziliyalik futbolchi kelib qo‘shildi

  • 15 iyul 2019, 14:20
  • 1 223
  • Sport
  • "Surxon" jamoasi safiga 4 nafar braziliyalik futbolchi kelib qo‘shildi
    Bundan bir necha daqiqalar oldin «Surxon» jamoasi lageriga 4 nafar Braziliyalik futbolchilar kelib qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Manbaning ma’lum qilishicha, 4 nafar braziliyalik futbolchilar Lukas Silvasales, Duglas Donasimento, Lukas De Olivera, Paulo Pedro Martins «Surxon» jamoasi ko‘rigidan o‘tish uchun yurtimizga yetib kelishdi.

    San Paolo - Istanbul - Tashkent havo yo‘llari orqali uzoq parvozni amalga oshirgan ushbu futbolchilar, salkam 17 soat deganda Toshkent shahriga yetib keldilar.

    Katta ehtimol bilan, ular bugungi bo‘lib o‘tadigan «Qizilqum» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda.

    » » "Surxon" jamoasi safiga 4 nafar braziliyalik futbolchi kelib qo‘shildi