Shaxmat. Yosh grossmeysterlar shohsupada (foto)

  • 15 iyul 2019, 16:48
  • 469
  • Sport
  • Shaxmat. Yosh grossmeysterlar shohsupada (foto)
    Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga o‘z nihoyasiga yetdi.
    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan chempionatda, yurtimizning eng kuchli 13 nafar shaxmatchisi g‘oliblik uchun o‘zaro dona surdilar.

    13 tur davom etgan chempionatda Marat Jumayev, Nodirbek Yaqubboyev, Nodirbek Abdusattarov, Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saidaliyev va Javohir Sindorov kabi shaxmatchilarimiz qolgan raqiblaridan o‘z tajribalari va o‘zgacha o‘yin uslublari bilan ajralib turdi.

    Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda 10 ochko to‘plagan Javohir Sindorov shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi. Ikkinchi hamda uchinchi o‘rin bir xil 8,5 ochko to‘plagan N.Yoqubboyev va N.Abdusattorovga nasib etdi.




    O‘zbekiston shaxmat federatsiya matbuot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, birinchi o‘ringa 8.700.000 so‘m, ikkinchi o‘ringa 6.000. 000 so‘m, uchinchi o‘ringa 3.500.000 so‘m pul mukofoti berildi va umumiy bo‘lib 13 shaxmatchidan yuqori 8 likka kirganlar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. (4-o‘rin - 2 million, 5-o‘rin - 1.5 million, 6-o‘rin - 1.3 million, 7-o‘rin - 1.1 million, 8-o‘rin - 900.000 so‘m)
    1 chi o‘rinni egallagan Sindarov Javohir O‘zbekiston Shaxmat tarixida eng yosh chempionga aylandi.

    » » Shaxmat. Yosh grossmeysterlar shohsupada (foto)