"Bunyodkor" Belorus Oliy ligasi vakilini mag‘lub etdi

  • 16 iyul 2019, 07:19
  • 615
  • Sport
  • "Bunyodkor" Belorus Oliy ligasi vakilini mag‘lub etdi
    Bugun "Bunyodkor" Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida Belorus chempionati oliy ligasi vakili "Gorodeya" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

    "Gorodeya" shahrida kechgan uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov shogirdlari bundan uch kun oldin "Smolevichi" klubini yengishga erishgan edilar.

    Nazorat o‘yini
    "Bunyodkor" - "Gorodeya" (Belorus) 2:1
    Gollar:
    Maksim Rovbot (34 avtogol), Muhammad Diallo (58) - Dmitriy Bayduk (72).

    "Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Anvar G‘ofurov, Ulug‘bek Abdullayev, Abdulla Abdullayev, Sanjar Qodirqulov, Dilshod Ahmadaliyev, Javohir Qahramonov, Nurillo To‘xtasinov, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov.

    Zaxiradagilar: Abdumavlon Abdujalilov, Eldor Adhamov, Bobur Farhodov, Muhammadodil Qahramonov, Farrux Ikromov, Muhammad Diallo, Jasurbek Jaloliddinov, Sanjar Rixsiboyev, Vladislav Nuriyev, Valeriy Akopov.

    » » "Bunyodkor" Belorus Oliy ligasi vakilini mag‘lub etdi