Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 16 iyul 2019, 11:10
  • 497
  • Sport
  • Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
    Foto: Instagram
    Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6 ta jang, 6 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) 24 iyul kuni Moskva shahrida o‘zining 7-jangini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Hozircha Bahodir Jalolovning raqibi kim ekanligi aniq emas.

    Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi bor amerikalik bokschi Brendan Barrettga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi va NABF Junior Heavyweight Title chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

    » » Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi