19:45 / 16.07.2019
2 879

«Humo» klubi Rossiyaning eng yaxshi xokkeychilaridan biri bilan shartnoma imzoladi

«Humo» klubi Rossiyaning eng yaxshi xokkeychilaridan biri bilan shartnoma imzoladi
Toshkentning «Humo» klubi Kontinental Xokkey Ligasining (KXL) 2011 yildagi eng yaxshi debyutanti Pavel Zdunov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Oliy Xokkey Ligasi (OXL) sayti xabar beradi.

Pavel Zdunov so‘nggi 5 yilni Nijnekamsk shahrining «Nefteximik» klubida o‘tkazdi. 28 yoshli xokkeychi o‘tgan mavsumda 53ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ochko jamg‘arishga erishdi.

Zdunov «Humo» klubining bu yilgi 14-transferi bo‘ldi. Ayni paytda toshkentliklar tarkibida KXL klublaridan o‘tgan 5 nafar xokkeychi bor. Avvalroq jamoaga «Admiral» xokkeychilari Roman Tatalin va Semen Valuyskiy, «Dinamo Moskva» himoyachisi Aleksey Pepelyayev, shuningdek, «Spartak Moskva» hujumchisi Artyom Voronin kelib qo‘shilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Humo» xokkey klubi yangi mavsumdan boshlab Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasida (OXL) rossiyalik mutaxassis Yevgeniy Popixin bosh murabbiyligida ishtirok etadi.

OXL – ochiq xalqaro xokkey ligasi bo‘lib, nufuzi jihatidan Kontinental Xokkey Ligasidan (KXL) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan mavsumda ligada Rossiyaning 26ta, Qozog‘istonning 3ta va Xitoyning 2ta klubi ishtirok etgan. Qozog‘istonning «Sariarka» klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Humo» klubi Rossiyaning eng yaxshi xokkeychilaridan biri bilan shartnoma imzoladi