20:30 / 16.07.2019
4 013

JCh-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimini qaysi kanalda ko‘rish mumkin?

JCh-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimini qaysi kanalda ko‘rish mumkin?
Ertaga, Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida 2022-yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash o‘yinlari 2-bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qur’ada jami 40ta terma jamoa 5tadan 8ta guruhga ajratiladi. Unda O‘zbekiston MTJ ham 2022-yilgi mundial yo‘lidagi o‘z raqiblarini bilib oladi.

Qur’a tashlash marosimi FUTBOL TV telekanali orqali soat 14:00dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda "UzReport" axborot agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston milliy jamoasi qur’ada Iroq, Suriya, Ummon, Livan, Qirg‘iziston, Vetnam va Iordaniya bilan 2-savatchadan joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022 saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimini qaysi kanalda ko‘rish mumkin?