20:10 / 19.07.2019
2 992

Yulduzli tarkibga ega "Shanxay SIPG" Ahmedovga yangi shartnoma taklif qildi

Yulduzli tarkibga ega "Shanxay SIPG" Ahmedovga yangi shartnoma taklif qildi
"Shanxay SPIG" 2020-2021 yillardagi mavsumni ham terma jamoamiz sardori bilan o‘tkazishga qaror qildi.
Bu haqda Xitoy nashrlaridan biri xabar berdi. Unda yozilishicha Vitor Pereyra shartnomasi yakuniga yetayotgan Odil Ahmedovni jamoada olib qolish kerakligi haqida rahbariyatga aytgan.

Muzokaralardan so‘ng, Ahmedov va "Shanxay SPIG" o‘rtasidagi shartnoma yana 2 yilga uzaytirildi.
Bu xabarga aniqlik kiritish uchun futbolchimiz bilan bog‘landik.

"Darhaqiqat klub bilan tuzgan shartnomam uzaytirildi. Menga bildirilgan ishonch uchun jamoa murabbiyi va rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Klub o‘z oldiga har bir qatnashadigan musobaqasida, shu jumladan OChLda zafar quchish vazifasini qo‘ygan. Qolaversa kuchli chempionatda faoliyatimni davom ettirish o‘zim uchun ham muhim. Hozir Xitoy chempionati Osiyoning eng kuchli ligalaridan biri ekanligi hech kimga sir emas", -deydi Odil Ahmedov championat.asia saytiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, "Shanxay SIPG" yaqindagina braziliyalik Elekson bilan xayrlashgan va uning o‘rniga avstriyalik Marko Arnautovichni olib kelgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yulduzli tarkibga ega "Shanxay SIPG" Ahmedovga yangi shartnoma taklif qildi