11:00 / 20.07.2019
2 222

Jazoir 29 yillik tanaffusdan so‘ng, yana bosh sovrin egasiga aylandi (video)

Jazoir 29 yillik tanaffusdan so‘ng, yana bosh sovrin egasiga aylandi (video)
Misrdagi qit’a birinchiligining hal qiluvchi bahsida Jazoir vakillari Senegalga qarshi to‘qnash keldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 2 daqiqadayoq Jazoir forvardi Bog‘dod Buneja tomonidan urildi va mazkur aniq zarba Jamol Belmadi shogirdlariga musobaqa bosh sovrinini keltirdi. Jazoir o‘z tarixida 2-marоtаba ushbu titulga ega chiqdi.

Avvalroq, ular 1990 yildagi qit’a birinchiligida zafar quchishgandi. Senegal esa 2 bora finalga (birinchisi 2002 yil) chiqib, yana kumush medallar bilan cheklanadigan bo‘lishdi.

Senegal – Aljir 0:1 (0:1, 0:0)
«Cairo International Stadium»
Gol:
0:1 – 2 Buneja.

Senegal – Gomis, Gassama, Sane, Sabali, Kuyate, Ndiaye (Diatta, 59), Seve (Diane, 75), Sarr, Guye, Mane, Nyang (Keyta Balde, 85).
Jazoir – Mboli, Zeffan, Bensebayni, Mandi, Benlamri, Mahrez, Gediura, Feguli (Taxrat, 85), Bennaser, Belaili (Braimi, 84), Buneja (Slimani, 89).

Ogohlantirishlar: Bensebayni (33), Belaili (54), Guye (79), Gassama (80), Mandi (90), Gediura (90).


Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jazoir 29 yillik tanaffusdan so‘ng, yana bosh sovrin egasiga aylandi (video)