20:13 / 20.07.2019
3 301

Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Toshkent yozi-2019” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi

Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Toshkent yozi-2019” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi
Bugun 20 iyul kuni Xalqaro Shaxmat akademiyasi binosida O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi qoshidagi “Markaziy Shaxmat klubi” tomonidan tashkillashtirilgan, reytingli an’anaviy turnir “Toshkent yozi-2019” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda 248 ishtirokchi qatnashdi. Shaxmatchilar “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda qatnashishdi. “A” guruhda reytingi 1900 dan baland bo‘lgan shatranj ixlosmandlari dona surishgan bo‘lsa, “B” guruhda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishdi. “A” guruh g‘oliblariga pul mukofotlari, “B” guruh ishtirokchilariga esa yangi o‘quv yili uchun o‘quv-qurollari hamda sertifikat, medallar topshirildi.

“A” guruh g‘oliblari (1-o‘rin Saparova Sitora, 2-o‘rin Bozorov Maxsum, 3-o‘rin Madaminov Muhiddin).
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, “A” guruh g‘oliblari uchun mukofot jamg‘armasi 7.000.000 so‘m bo‘lgan “Toshkent yozi-2019” turnirida bu safar 248 nafar shaxmatchi qatnashib, ishtirokchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Chunki “Toshkent yozi-2019” reytingi bo‘lmagan shaxmatchilar uchun tajriba bo‘lsa, reytingi bo‘lgan sportchilar uchun reyting jamg‘arish imkoniyati degani.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Toshkent yozi-2019” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi