18:45 / 21.07.2019
3 982

O‘zbekiston MTJning yangi formasi dizayni muxlislar tomonidan tanlanadi

O‘zbekiston MTJning yangi formasi dizayni muxlislar tomonidan tanlanadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon miqiyosidagi musobaqalarda yurtimiz futbolining yuzi hisoblanadi. Shuningdek, terma jamoani – xalq jamoasi ham deyishadi. Shunday ekan, terma jamoamiz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday jarayonlardan xalqimiz xabardor bo‘lishi, imkon qadar ishtirok etishi zarur deb bilamiz.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalarimiz va muxlislar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish borasida bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri, terma jamoalarimiz formasining yangi dizayni borasidagi tanlovdir. Endi har bir muxlis futbolchilarimiz formasi dizayni borasida o‘z takliflarini bildirishi mumkin.

Yangi forma dizaynini ishlab chiqib, O‘FAning elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin. Eng yaxshi deb topilgan ishlar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Xususan, mutaxassislar tomonidan ma’qul topilgan uchta eng yaxshi dizayn uchun mualliflarning har biriga terma jamoamiz yulduzlarining dastxatlari tushirilgan original futbol to‘plari sovg‘a qilinadi. O‘z ishlaringizni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro maydondagi imidjini barchamiz birgalikda shakllantiramiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJning yangi formasi dizayni muxlislar tomonidan tanlanadi