19:30 / 21.07.2019
2 729

Keynning so‘nggi daqiqadagi goli "Tottenxem"ga "Yuventus" ustidan g‘alaba olib keldi (video)

Keynning so‘nggi daqiqadagi goli "Tottenxem"ga "Yuventus" ustidan g‘alaba olib keldi (video)
Hozirgina Xalqaro chempionlar kubogi turniri doirasidan o‘rin olgan "Yuventus" hamda "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Singapurda kechgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda "shporlar" 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Londonliklar safida Erik Lamela, Lukas Moura va Harri Keynlar zafar quchgan bo‘lishsa, bunga turinliklar tarkibida Krishtianu Ronaldu hamda Gonsalo Iguainlar javob qaytarishdi.

"Yuventus" (Italiya) – "Tottenxem" (Angliya) 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar:
0:1 – 30 Lamela, 1:1 – 56 Iguain, 2:1 – 60 Ronaldu, 2:2 – 65 Lukas Moura, 2:3 – 90 Keyn.

"Yuventus": Buffon (Shchensnы, 46), Rugani (Demiral, 46), De Shilo, Bonuchchi (de Ligt, 63), Joau Kanselu, Matyuidi (Kastanos, 76), Djan (Rabo, 46), Pyanich (Muratore, 76), Bernardeski, Mandjukich (Iguain, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 63).

"Tottenxem": Gassaniga, Tanganga (Vertongen, 46), Uoker-Piters (Marsh, 71), Alderveyreld (Foyt, 46), Skipp (Bouden, 90), Georgiu (Uayt, 71), Alli (Sissoko, 46), Lamela (Ndombele, 63), Uinks (Roulz, 63), Perrott (Keyn, 46), Son Xыn Min (Lukas Moura, 46).
Ogohlantirish: Perrott (44).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keynning so‘nggi daqiqadagi goli "Tottenxem"ga "Yuventus" ustidan g‘alaba olib keldi (video)