14:52 / 22.07.2019
2 953

Aziz Haydarov va Temur Kapadze O‘FAda mas’ul lavozimlarga tayinlandi

Aziz Haydarov va Temur Kapadze O‘FAda mas’ul lavozimlarga tayinlandi
Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachilari Aziz Haydarov va Temur Kapadze faoliyatini O‘FA tizimida davom ettiradi.

Assotsiatsiya rasmiy saytiga ko‘ra, Haydarov O‘FA Terma jamoalar bo‘limida ish boshlamoqda. Unga turli yoshdagi barcha terma jamoalar ishini muvofiqlashtirish vazifasi topshirilgan.
Kapadze esa O‘FAning seleksiya ishlariga bosh bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Aziz Haydarov yil boshidan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgan, o‘tgan haftada futbolchilik faoliyatiga yakun yasagani e’lon qilingan edi.

Temur Kapadze esa 2017 yil oxirida butsalarini mixga ilib, 2018 yil fevralida O‘zbekiston milliy jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan va termani 4 ta o‘yinda maydonga boshlab tushgan edi. O‘sha yil aprelida esa «Lokomotiv»da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz Haydarov va Temur Kapadze O‘FAda mas’ul lavozimlarga tayinlandi