22:36 / 22.07.2019
2 622

Gadoyev va Tursunov ikkinchi davrani "Bunyodkor"da o‘tkazadi

Gadoyev va Tursunov ikkinchi davrani "Bunyodkor"da o‘tkazadi
"Bunyodkor" klubi ikkinchi davra oldidan o‘z safini ikki nafar tajribali futbolchi bilan to‘ldiradi.
Yaqindagina Janubiy Koreyaning "Tedjon Sitizen" klubi bilan xayrlashgan Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoyev ikkinchi davrani "qaldirg‘ochlar" safida boshlashadi. Bu haqda Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Minskdagi yig‘inda ikki nafar ukrainalik futbolchi ko‘rikdan o‘tdi. Biroq ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchining bizning klubga o‘tishga rozi bo‘lgani tufayli ukrainaliklarni olib qolmaslikka qaror qildik. Gap Gadoyev va Tursunov haqida ketmoqda. Tursunov mening talablarimni juda yaxshi biladi. Gadoyev bilan u qadar tanish emasman. Ammo bir hafta ichida barchasi o‘z iziga tushib ketishiga ishonchim komil", - deydi Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gadoyev va Tursunov ikkinchi davrani "Bunyodkor"da o‘tkazadi