5 556
Bokschi Dadashev og‘ir jarohatdan vafot etdi – jangni to‘xtatishga uni zo‘rg‘a ko‘ndirishgan edi (video)
23 iyul kuni rossiyalik bokschi Maksim Dadashev AQShdagi shifoxonada vafot etdi.
20 iyul kuni u Okson-Hill shahrida puertorikalik Subriyel Matias bilan ringga chiqdi. Ammo juda ko‘p zarba o‘tkazib yuborgani sababli, uning sekundantlari jangni 11-raundda to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. Bungacha murabbiy Baddi Makgirt bokschini taslim bo‘lishga uzoq vaqt mobaynida ko‘ndirishga harakat qilgan edi.
Jangdan keyin bokschi o‘zini yomon his qildi. Shifoxonada unga miyaning og‘ir shishi tashxisi qo‘yildi. Shu sababli bokschi 2 soat davomida operatsiya qilindi. Shishni yo‘qotish uchun bokschi bosh suyagining bir qismini olib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Keyinroq sportchi medikamentoz koma holatiga tushirildi. 23 iyul kuni esa 28 yoshli bokschi hushiga kelmasdan vafot edi.
Dadashev professional boksda 2016 yilda debyut qilgan. U Matias bilan janggacha birorta mag‘lubiyatsiz qatorasiga 13 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Peterburglik sportchi barcha janglarini AQShda o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi