2 630
«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi, ularning orasida nikaragualik hujumchi bor
24 iyul kuni «Lokomotiv» o‘z tarkibiga qo‘shib olgan futbolchilarni tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.
Davralar oralig‘ida Oston O‘runov, Ariagner Medina Smit, Javohir Esonqulov, Javohir Sohibov, Ibrohim G‘anixonov va Tohir Rafaelov «Lokomotiv» safiga o‘tishdi.
Tanishtiruv marosimida klub bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov va yangi futbolchilar ishtirok etishdi. Javohir Esonqulov tibbiy ko‘rikdaligi sababli matbuot anjumaniga yetib kela olmadi.
«Jamoamiz odatda yozgi tanaffus vaqtida xorijda yig‘inlarda qatnashardi. Ammo davralar oralig‘i qisqa bo‘lganligi, shuningdek, asosiy futbolchilarimizning ko‘pchiligi yanvar oyidan buyon dam olmagani tufayli o‘z qarorgohimizda yig‘in o‘tkazishga qaror qildik.
Yig‘in vaqtida o‘tkazilgan bir necha o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatiga e’tibor qaratishdi. Jamoamizni Filipp Rayevats, Azizbek Haydarov va Husniddin G‘ofurov tark etishdi. Ularning o‘rnini yosh futbolchilar bilan to‘ldirishga qaror qildik.
Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda biz jamoani yoshartirishga, ya’ni tajriba va yoshlikni mujassamlashtirishga harakat qildik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yangi olingan futbolchilarning katta qismi yosh yigitlar. Oston O‘runov 2000 yilda tug‘ilgan. Uning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini barcha ko‘rib bo‘ldi.
Shuningdek, yosh va umidli futbolchimiz Tohir Rafaelov 2002 yilda tug‘ilgan va u ilk marta professional klub bilan shartnoma imzolamoqda. Ibrohim G‘anixonov ham endigina 19 yoshga kirdi. Nikaragualik Ariagner Smit Medina 20 yoshga to‘lgan. Bu kabi yoshlar orqali biz jamoaning poydevorini yanada mustahkamlab olishimizga ishonaman. Shuningdek, Javohir Esonqulov, Javohir Sohibov kabi tajribali futbolchilar ham jamoamizning kuchiga kuch qo‘shadi», - dedi Akramov.
Shundan so‘ng yangi futbolchilarga «Lokomotiv» klubi liboslari taqdim etildi. Xususan, Oston O‘runov – 6, Javohir Sohibov – 15, Medina Smit – 22, Tohir Rafaelov – 40, Ibrohim G‘anixonov – 18, Javohir Esonqulov – 21 raqamlarda o‘ynaydigan bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»