23:46 / 24.07.2019
2 455

Tokio Olimpiadasining medallari namoyish etildi (foto)

Tokio Olimpiadasining medallari namoyish etildi (foto)
Bugun Tokio Olimpiadasining startiga roppa-rosa 1 yil qoldi. Bugun Yaponiya poytaxtida ushbu sana yuzasidan katta tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Olimpiada tashkilotchilari bo‘lajak musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Faxriy mehmonlar qatorida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham tashkiliy qo‘mitaning tayyorgarligiga yuqori baho berdi.

Shuningdek, tadbir davomida Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. Medallar bir qarashda sayqallanib nur taratayotgan toshlarni eslatadi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularining dizayni sportda raqobatlashayotgan, jo‘shib ishlayotgan odamlarni, ifodalaydi. Taralayotgan nur esa bir-birlarining qo‘llarini ushlab turgan butun dunyo odamlari va ularda aks etgan iliq do‘stlikni anglatadi.[
img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-07/1563982998_01.jpg[/img]


Medallar diametri: 85 mm.
Vazni: 556 gramm (oltin), 550 gramm (kumush) va 450 gramm (bronza)
Tarkibi: oltin medal sof oltindan emas. Uni tayyorlash uchun kumush medalning ustiga 6 gramm oltin eritmasi quyiladi. Kumush medali sof kumushdan, bronza esa mis va rux moddalarining qo‘shilmasidan tayyorlanadi.
Dizayner: Junichi Kavanishi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio Olimpiadasining medallari namoyish etildi (foto)