12:53 / 26.07.2019
3 455

Boksda yana bir fojia – Argentinaning eng yaxshi bokschisi ringda hushidan ketib, vafot etdi (video)

Boksda yana bir fojia – Argentinaning eng yaxshi bokschisi ringda hushidan ketib, vafot etdi (video)
Argentinalik bokschi Ugo Santilyan urugvaylik Eduardo Abreuga qarshi jangda olgan jarohatlari oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Clarin xabariga koʻra, jang yakunlanganidan soʻng Santilyan oʻzini yomon his qila boshladi va gʻolibni eʼlon qilish vaqtida hushidan ketdi.

Bokschi shifoxonaga yetkazilganda, miyasiga qon quyilgani maʼlum boʻldi. U zudlik bilan jarrohlik amaliyotidan oʻtkazildi. Keyinchalik uning yuragi ikki marta toʻxtab qoldi. 25-iyul kuni Ugo hayotdan koʻz yumdi.

Santilyan super yengil vaznda WBO talqini boʻyicha Janubiy va Lotin Amerikasi chempioni edi.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin rossiyalik bokschi Maksim Dadashev ham jang paytda miyasiga qon quyilishi natijasida shifoxonada vafot etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boksda yana bir fojia – Argentinaning eng yaxshi bokschisi ringda hushidan ketib, vafot etdi (video)