14:05 / 26.07.2019
2 459

Yarim finalgacha faqat ikki bokschimiz yetib keldi

Yarim finalgacha faqat ikki bokschimiz yetib keldi
Foto: MOQ matbuot xizmati
Tailandning Bangkok shahrida boks boʻyicha “Qirol kubogi” xalqaro turniri oʻtkazilmoqda. Bir kunlik dam olishdan soʻng musobaqa bellashuvlari yana davom etadi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Bugun turnirning yarim final janglari oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan. Ushbu bosqichga vakillarimizdan faqat 2 nafari yetib kelgan.

-49 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan Nodirjon Mirzahmedov final yoʻllanmasi uchun Mohd Rejan Muhammadga qarshi ringga chiqsa, -75 kilogramm vazn toifasida Fanat Qahramonov hindistonlik Ashish Kumarni yengishi talab etiladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu turnirda qatnashish uchun yetti nafar bokschimiz Bangkokka yoʻl olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yarim finalgacha faqat ikki bokschimiz yetib keldi