00:18 / 27.07.2019
2 455

Superliga. "Lokomotiv" "So‘g‘diyona"ga imkoniyatni boy berdi

Superliga. "Lokomotiv" "So‘g‘diyona"ga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari zafar quchishdi.

Uchrashuvda tashabbus mehmonlar tomonida bo‘lgan bo‘lsada, yakuniy hisob buni aksini ko‘rsatdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Shoxruz Norxonov raqib darvozasini ishg‘ol qilib mezbonlarga sensatsion g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, ushbu g‘alabadan so‘ng "So‘g‘diyona" ochkolarini 20 taga yetkazib olgan holda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Loko" (27) esa peshqadam "Paxtakor"dan 11 ochkoga qolib ketmoqda.

"So‘g‘diyona" – "Lokomotiv" 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 - 90 Norxonov.

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradz, Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboyev (Sanjar Rashidov, 64), Jasur Hasanov, Ivan Nagayev (Izzat Abdullayev, 70), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov (Sherzod Fayziyev, 50).

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Diyorjon Turopov, 72), Islom To‘xtaxo‘jayev, Javohir Esonqulov (Arslanmirat Amanov, 46), Yovan Jokich (Oston O‘runov, 73), Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteyev, Igor Yelich.
Ogohlantirishlar: Shoyqulov (41), Orifov (45+3), Mirzayev (55).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Lokomotiv" "So‘g‘diyona"ga imkoniyatni boy berdi