00:24 / 27.07.2019
2 700

Superliga. "Paxtakor" "Qo‘qon-1912"dan ustun keldi

Superliga. "Paxtakor" "Qo‘qon-1912"dan ustun keldi
O‘zbekiston chempionatining 14-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Odil Hamrobekov raqiblardan ajoyib tarzda o‘tib ketdi va to‘pni Jaloliddin Masharipovga oshirdi. Yaqin masofadan Jalol darvozani osonlikcha ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Dragan Cheran Masharipovning uzatmasidan keyin boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Marko Simich burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Unga pasni bu safar ham Masharipov uzatdi.

77-daqiqada Muhammadanas Hasanov hisobni qisqartirishga erishdi va bu gol o‘yindagi so‘nggisi bo‘ldi.

Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari 38 ochko bilan yakka peshqadamlikda davom etishmoqda va eng yaqin ta’qibchilarini 11 ochkoga ortda qoldirishmoqda.

"Paxtakor" – "Qo‘qon-1912" 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar:
1:0 - 22 Masharipov, 2:0 - 48 Cheran, 3:0 - 51 Simich, 3:1 - 77 M. Hasanov.

"Paxtakor": Eldor Suyunov, Farrux Sayfiyev, Marko Simich, Sherzod A’zamov, hajiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo‘jayev, Odil Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev, 72), Marat Bikmayev (Doston Hamdamov, 61), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev (Bobur Asqarov, 87).

"Qo‘qon-1912": Islom Abdullayev, Jamshid Hasanov (Timur Hakimov, 69), Quvondiq Ro‘ziyev, Avaz Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov, 76), Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Hamidullo Abduhamidov, 87), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.
Ogohlantirishlar: Rustamov (64)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" "Qo‘qon-1912"dan ustun keldi