06:00 / 27.07.2019
2 666

Samvel Babayan: "Jizzaxdagi o‘yin biz uchun katta dars bo‘ldi"

Samvel Babayan: "Jizzaxdagi o‘yin biz uchun katta dars bo‘ldi"
"So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha bugungi o‘yin hech kimni befarq qoldirmadi. Afsuski katta tashabbusga ega bo‘lib, ko‘plab vaziyatlar yaratib mag‘lub bo‘ldik. Bu futbolning bir bo‘lagi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Xatolar ustida ishlaymiz.

"So‘g‘diyona" bilan Toshkentdagi uchrashuvda ham, bugun ham ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Toshkentda 88-daqiqada hisobni ochgandik. Bugun bittadan ko‘proq gol urishimiz mumkin edi.

Mana shunday qaynoq yakunni kutgandim. Sababi ikki jamoa kurashdi. "So‘g‘diyona" hisobni saqlab qolish uchun harakat qildi, biz esa g‘alabani ko‘zlab hujumga o‘taverdik. Afsuski o‘xshamadi, bu biz uchun katta dars bo‘ldi", - deydi Samvel Babayan.

Manba: championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Jizzaxdagi o‘yin biz uchun katta dars bo‘ldi"