00:30 / 27.07.2019
2 507

Deyan Jurjevich: "Bugun yaxshi o‘ynagan jamoa mag‘lub bo‘ldi"

Deyan Jurjevich: "Bugun yaxshi o‘ynagan jamoa mag‘lub bo‘ldi"
"Navbahor" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Deyan Jurjevich o‘z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi o‘yinda, o‘z maydoningda mag‘lub bo‘lsang bu juda yomon. Menimcha bugun yaxshi o‘ynagan jamoa mag‘lub bo‘ldi. Bizning darvozamiz tomon yo‘llangan birinchi zarba golga aylandi, keyin esa javob bera olmadik.

Shunday bo‘lsa ham, yigitlarga e’tirozim yo‘q. Ular harakat qilishdi, vaziyatlar sodir etildi. Bizda yangi futbolchilar bor, muhim o‘yinchilar klubdan ketishdi. O‘yinni o‘z joyiga qo‘yib olish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Joze Mourinyu jamoani to‘liq o‘rganib olish uchun ikki yil vaqt kerak deb aytgandi. Futbolda vaqt juda ham muhim faktor.

Qaytaraman, bugun biz yaxshi o‘ynadik, ammo omad yuz o‘girdi. "Qizilqum" ham yaxshi o‘ynadi", - deydi Jurjevich.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Deyan Jurjevich: "Bugun yaxshi o‘ynagan jamoa mag‘lub bo‘ldi"