Ulug‘bek Baqoyev: "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo‘lmaydi"

  • 27 iyul 2019, 08:20
  • 418
  • Sport
  • Ulug‘bek Baqoyev: "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo‘lmaydi"
    "So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
    "Bugun O‘zbekistonning amaldagi chempioniga qarshi o‘ynadik. Shu bois tartibli o‘ynashga va qarshi hujumga o‘tishga harakat qildik. "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo‘lmaydi.

    Nimadir o‘xshadi, nimadir o‘xshamadi. Uchrashuv so‘nggida jamoa xarakter, tartib va g‘alabaga bo‘lgan istak tufayli gol urib uch ochko egasiga aylandik", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

    » » Ulug‘bek Baqoyev: "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo‘lmaydi"