10:42 / 27.07.2019
2 820

Garet Beyl Xitoy klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

Garet Beyl Xitoy klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi
«Real» vingeri Garet Beyl Xitoyning «Szyansu Sunin» klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi, deya xabar qiladi Shampionat.asia.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi Xitoy jamoasi bilan 3 yillik kelishuvga erishgan. Shartnomaga ko‘ra, Beyl yiliga 22 mln. yevro maosh oladi.

“Realʼ esa ushbu transferdan qancha mablag‘ga ega chiqishi hozircha oshkor etilmayapti.

Avvalroq, hujumkor yarim himoyachining agenti Jonatan Barnett mijozi ijara asosida hech qaysi klubga o‘tmasligini, lekin, agar yaxshi taklif tushadigan bo‘lsa Beyl tez orada madridliklarni tark etishini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Garet Beyl 2013 yili «Tottenxem»dan «Real» klubiga 100 mln. yevro evaziga transfer qilingandi. «Qaymoqranglilar»dagi faoliyati davomida u 13 titulning sohibi bo‘ldi.

«Szyansu Sunin» bugun «Inter» himoyachisi Miranda bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, jamoa tarkibida italiyalik legionerlar Eder, Gabriel Paletta hamda braziliyalik xavbek Aleks Teysheyra harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Garet Beyl Xitoy klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi